Shuningdek qarang
Endi bu balandliklarni ko'rish mumkin!
2010 yil oktyabr oyi oxirlarida InstaForeks kompaniyasining ikki xodimi - Pavel Golubev va Yevgeniy Oxrimenko - Pen Alplaridagi Braytxorn tog'ining barcha beshta cho'qqiini zabt etishdi. Western Summit tog'ining dengiz sathidan 4165 metr balandlikdagi cho'qqisiga endi boshlovchi alpinistlar InstaForeks kompaniyasi razmi tushirilgan bayroqni o'rtanishdi.
Bundan tashqari, cho'qqilarning birida, tog'dagi eng yaqin Sermatt qishlog'iga bevosita qo'rinish tufayli va uyali aloqa mavjudligi oqibatida internetga kirish imkoni amalga oshirildi. "Nima uchun" - deb savol berarsiz.
InstaForeks kompaniyasi xodimlariga korporativ pochtani zudlik bilan tekshirish, mijoz bilan bog'lanish yoki Twitterga xabar yozib yuborishi kerak emas edi. Internet treyding uchun zarur bo'ldi! To'rt ming metrdan ortiq balandlikda InstaForeks kompaniyasi xodimlari MetaTrader savdo terminalini ishga tushirishdi va EUR/USD hamda GBP/USD valyuta juftliklari bo'yicha ikkita oldi/sotdi bitimlarini tuzib, shu tarzda dengiz sathidan eng yuqori treyding bo'yicha jahon rekordini o'rnatishdi.
Alp tog' cho'qqisiga ko'tarilish jarayonida InstaForeks kompaniyasi xodimlariga sezilarli darajada murakkab to'siqlarni va qiyinchiliklarni yengib o'tishga to'g'ri keldi. Ammo qattiq sovuqqa, muz bosgan tog' qiyaliklariga, ko'zni qamashtiruvchi quyosh nurlariga va qorga qaramay, InstaForeks bayrog'ini cho'qqiga o'rnatish va cho'qqiga qo'tarilishning maqsadi bo'lgan MetaTrader terminali orqali tog' cho'qqisida onlayn-treydingni amalga oshirish ajoyib tarzda amalga oshirildi.
Mazkur hodisa asosan kompaniya xodimlarining qo'rqmasligini va sport shukuhini emas, balki InstaForeks kompaniyasining va uning ajralmas qismi bo'lib hisoblangan jamoasining alpinizm singari, treydinging ham borgan sari yangidan-yangi cho'qqilarini zabt etishga intilishini ifodalaydi.
InstaForeksni oldinda yangi cho'qqilar kutmoqda. Biz o'z mijozlarimiz va hamkorlarimiz bilan bir bo'lib, ularni ham albatta zabt etamiz!
InstaForeks bilan birga – cho'qqiga sari intil!